Yaman buqalamun

EKZOTIK TURLAR

Yaman xameleoni, yoki dub xameleon — Arabiston yarimoroli, asosan Yaman va Saudiya Arabistonining janubiy qismida yashovchi yirik xameleon turidir. Erkaklarning uzunligi 50 sm gacha, urg‘ochilari esa 35 sm gacha yetadi. Uning eng muhim belgilaridan biri — boshida joylashgan baland suyakli “dub” (shlem) va yorqin rangdagi terisidir. Asosiy rangi yashil bo‘lib, ustida sariq, ko‘k-yashil va jigarrang chiziqlar bo‘ladi. Terisi harorat, stress yoki ruhiy holatga qarab rangini o‘zgartiradi. Ko‘zlari mustaqil harakat qiladi, uzun tili bilan hasharotlarni ushlaydi. Asosan butazorli, yarim quruq hududlarda yashaydi, daraxtlarga yaxshi chiqadi. Kunduzgi va yakka hayot kechiradi. Asosan hasharotlar bilan, ba’zida esa o‘simliklar bilan ham oziqlanadi. Urg‘ochilari bir martada 85 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Yorqin ko‘rinishi va oddiy parvarishi tufayli u ko‘plab teraryumlarda boqiladi. Yovvoyi tabiatda soni barqaror bo‘lib, IUCN ma’lumotiga ko‘ra "eng kam xavf ostida" (LC) turga kiradi. 

Tien Shan brown bear
Ursus arctos isabellinus

TN VED 0106200090
Tarqalishi Saudiya Arabistoni, Yaman
CITES ilovasi II
Ob'ekt import
Eksport qiluvchi mamlakat Saudiya Arabistoni, Yaman​Oʻzbekiston
Import ​qiluvchi mamlakat Misr, BAA, Saudiya Arabistoni, Rossiya Federatsiyasi
Transport Aviatashish
Savdo ​Ob'ekti Tirik hayvonlar, teri, tana qismlari, hosilalar
Tekshirish lozim CITES ning eksport ruxsatnomasi, CITES ning import ruxsatnomasi, ilova qilinadigan hujjatlar