Peyot kaktusi

EKZOTIK TURLAR

Peyot — Meksika va AQSh janubidagi cho‘l hududlarda o‘suvchi, ignasiz, dumaloq shakldagi mayda kaktus turidir. Uning balandligi odatda 5–7 sm, diametri esa 10–12 sm gacha yetadi. Poyasi ko‘k-yashil rangda bo‘lib, silliq yumaloq bo‘rtmalar bilan qoplangan. Gullari pushti yoki oqish rangda, mevasi esa mayda qizg‘ish rezavor shaklida. Peyot o‘zida meskalin deb nomlanuvchi psixoaktiv modda saqlaydi. U qadim zamonlardan buyon mahalliy amerikaliklar tomonidan diniy va marosimiy maqsadlarda, ong holatini o‘zgartiruvchi "muqaddas o‘simlik" sifatida ishlatilgan. Ruhiy holatga ta’siri kuchli, ammo nazoratsiz iste’mol qilish sog‘liq uchun xavfli. Ko‘plab mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, peyot va undan olingan moddalarning ishlatilishi taqiqlangan. Juda sekin o‘sadi va 30 yilgacha umr ko‘rishi mumkin. Tabiiy muhitda haddan tashqari yig‘ib olinishi uni yo‘q bo‘lish xavfiga olib kelgan. CITES konvensiyasi asosida himoyalanadi. 

Peyote
Lophophora williamsii

TN VED 01062909100
Tarqalishi Meksikaning shimoli-sharqida, Texasning janubida
CITES ilovasi II
Ob'ekt Eksport-import
Eksport qiluvchi mamlakat Meksika, AQSh
Import ​qiluvchi mamlakat Dunyoning barcha mamlakatlari
Transport Aviatashish, avtotransport
Savdo ​Ob'ekti Tugunaklari, tirik o‘simliklar
Tekshirish lozim CITES eksport ruxsatnomasi, CITES import ruxsatnomasi, ilova qilinadigan hujjatlari