Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiat jinoyatlariga qarshi kurashish salohiyati va yordamini kuchaytirish Loyiha 2021-yilda AQSh Davlat departamentining Narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro byurosi (INL) tomonidan moliyalashtirilgan holda boshlangan. Loyiha Markaziy Osiyoning muhim hududlari va savdo yo‘llarida yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qilish organlari salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga e’tibor qaratgan holda, loyiha quyidagi yo‘llar bilan yovvoyi tabiat savdosini aniqlash, ularga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha milliy va mintaqaviy salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan:
Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish Loyiha 2021 yildan 2024 yilgacha Noqonuniy Yovvoyi tabiat savdosi jamg'armasi (IWTCF) orqali Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko'magida amalga oshirildi. Loyihaning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish uchun samarali va maʼlumotlarga asoslangan amaliyot strategiyalarini ishlab chiqish edi. Loyiha samarali chora-tadbirlar strategiyasini ishlab chiqish, milliy va mintaqaviy darajada muvofiqlashtirilgan hamkorlikni rivojlantirish uchun yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu maqsadlarga tizimli ma'lumotlarni to'plash, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha texnik ko'nikmalar va institutsional salohiyatni oshirish uchun maqsadli treninglar va maslahatlarni o'tkazish orqali erishildi.